logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rayan Garsiya Arman Carukyanni 40 000 dollarga uxlatdi

 17 APREL, 2026, 08:16

Qo'shma strimda Arman Carukyanga qirq ming dollar yutqazgan yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiya rossiyalik jangchi bilan hisob-kitob qilmadi.

Amerikalik bokschi bir necha pochka pulni jonli efirda rossiyalikka berdi, ammo keyin malum bo'lishicha, bu pullar Carukyanda qolmagan.

"Hozir Xamzat bilan Rayan Garsiya bilan bozorga boramiz. U mendan 40 ming dollar qarz. U pullarni bermadi - u erda ko'p pul bor edi va u: "Biz hozir hisoblab, olib kelamiz" dedi. Keyin olib kelishmadi va "Sening hisobingga yuboramiz" deyishdi. "Erkakcha so'z beraman, senga yuboraman" dedi. Besh kun o'tdi - hatto karta raqamimni ham yozmayapti", - dedi Carukyan Adam Zubayraev bilan suhbatda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ