logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rahimova Ruan turnirida dunyoning 36-raketkasiga qarshi uch setlik bahs o'tkazdi

 16 APREL, 2026, 17:32

Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z mahoratini namoyish etayotgandi. Vakilamiz 1/16 finalda saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan amerikalik Elvina Kalievani 6/3, 7/6(1) hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Afsuski, Rahimova 1/8 finalda dunyoning 36-raketkasi, AQSH vakilasi Ann Liga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikki soatu to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Li 4/6, 6/2, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.     

Taqqoslash uchun, Rahimova WTA reytingida 74, Kalieva 137, Li 36-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi bo'ldi. Kamilla o'zaro o'yinlarda faqat bir marotaba zafar quchgan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ