logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Osiyo chempionatining ilk kuni 3 ta medalga ega chiqdik

 16 APREL, 2026, 16:00

Bugun Xitoyning Ordos shahrida boshlangan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi g'olib va sovrindoorlari malum bo'ldi.

Bugun 5 dzyudochimiz bahslarga kirishgan bo'lsa, ulardan 3 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. Finalga etib kelgan Laziza Haydarova (-48 kg) va Sita Kadambaeva (-52 kg) mos ravishda mo'g'ulistonlik raqibalari Jamsran Anudari hamda Nandin-Erdene Myagmarsurenga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritishdi. 

Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) esa uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda qozog'istonlik SHerzod Davlatovni mag'lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Zamohshari Bekmurodov (66 kg) esa bronza medali uchun bahsda koreyalik Kim CHan Nyongga yutqazib, 5-o'rin bilan kifoyalandi. 


Kumush medal sohiblari:

-48 kg: Laziza Haydarova 

-52 kg: Sita Qadamboeva 


Bronza medal sohibi:

-60 kg: Samariddin Qo'chqorov





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ