logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Birinchi raketkamiz 32 ta eys ijro etilgan bahsda match-bolldan chiqib ketib, kambek evaziga zafar quchdi

 16 APREL, 2026, 12:00

Xitoyning Uning shahri mezbonlik "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Quvonarlisi, O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin hozirgina yakuniga etgan 1/8 final uchrashuvida ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz 2 soatu 15 daqiqa davom etgan dramatik bahsda ATP reytingida 425-pog'onada borayotgan avstraliyalik Moerani Buzigeni 1/6, 7/6(9), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Buzige ikkinchi setning tay-brekida match-bollga ega bo'lgandi, ammo Fomin bunga yo'l qo'ymadi va yakunda kambek evaziga g'alaba qozondi.  

Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda dunyoning 383-raketkasi bo'lib turibdi. Ikki tennischi uchrashuv davomida oz emas, ko'p emas, 32 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Sergey 15, avstraliyalik 17 ta eys zarbasiga mualliflik qildi. Qo'shxatolar Buzigega ko'proq bo'ldi - 7 ga 3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. O'tgan ham aynan Xitoyda o'tgan ilk to'qnashuvda ham Fomin uch set natijasiga ko'ra zafar quchgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ