Birinchi raketkamiz Xitoy turniridagi yurishini boshladi
15 APREL, 2026, 19:32
Xitoyning Uning shahri mezbonlik qilayotgan "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnirda Sergey Fomin ham qatnashyapti.Quvonarlisi, Humoyun Sultonovdan keyin O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz 1/16 finalda ATP reytingida 689-pog'onada borayotgan belaruslik Daniil Ostapenkovni 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Fomin dunyoning 383-raketkasi bo'lib turibdi. Oltmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sergey 8, saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan 22 yoshli Daniil 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Ostapenkovda ko'proq bo'ldi - 7 ga 4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. To'rt yil avval o'tkazilgan ilk to'qnashuvda ham Fomin zafar quchgandi.
Ertaga Sergey Fomin 1/8 finalda avstraliyalik Moerani Buzigega qarshi kortga chiqadi. Buzige kecha ilk bosqichda yaponiyalik Masamichi Imamurani 6/7, 7/5 hisobida taslim etdi. Buzige ATP reytingida 425-pog'onadan joy olgan. Fomin - Buzige uchrashuvi bizning vaqt bilan ertaga tonggi soat 08:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
