Irji Proxazka: "Bu menga g'alabani qo'ldan chiqarishga sabab bo'ldi..."
15 APREL, 2026, 16:00
Irji Proxazka Karlos Ulbergga qarshi jangdagi mag'lubiyat sababini tushuntirdi."Men xohlaganimdek chiqish qilmadim, deyarli hammasini buzdim. Eng katta sabab — zaif va jarohatlangan raqibni ko'rib, unga rahm qilganim. O'sha paytda 100% kuchimni ishlatmadim, shu narsa meni g'alabadan mahrum qildi.
Men bu ishni oxirigacha etkazmoqchiman, bu hislar bilan olg'a harakat qilishni va yana kamar uchun kurashishni istayman", — dedi Proxazka.
Manba: olamsport.com
