Javohir Sindarov so'nggi tur haqida: "Men bosimsiz, lekin Bibisara..."
15 APREL, 2026, 12:16
Muddatidan oldin chempionlikka erishgan Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri"ning so'nggi turi haqida fikr bildirdi."Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat: oilam, murabbiyim va sekundantlarim. Bu men uchun juda muhim.
So'nggi turda... Partiya bosimsiz bo'ladi. Lekin men Sarani (Bibisara Asaubaeva) qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman. Unda ham juda yaxshi imkoniyatlar bor, ko'ramiz", - dedi Sindarov.
Eslatib o'tamiz, qozog'istonlik Bibisara Asaubaeva 7,5 ochko to'plagan holda hindistonlik Rameshbabu Vayshali bilan peshqadam bo'lib turibdi. Bugun Asaubaeva boshqa bir hind - Divya Deshmukka qarshi dona suradi. Sindarov esa xitoylik Vey Yi bilan hisob-kitob qiladi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
