Rahimova Ruan turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
15 APREL, 2026, 11:32
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. Vakilamiz 1/16 finalda saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan amerikalik Elvina Kalievani 6/3, 7/6(1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Rahimova WTA reytingida 74, Kalieva 137-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Kamilla 4, Elvina 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Kalievada ko'proq bo'ldi - 7 ga 5.
Bugun Kamilla Rahimova 1/8 finalda dunyoning 36-raketkasi, AQSH vakilasi Ann Liga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
