Taekvondo. Bugun Jahon chempionatida to'rt nafar hamyurtimiz bahslarga kirishadi
15 APREL, 2026, 10:16
Toshkent shahridagi "Olimpiya shaharchasi"da taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslariga start berilmoqda.Bugun musobaqada yigitlar -59 kg, -78 kg, qizlar esa -44 kg va -68 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi.
Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
Samira Hayitova (-44 kg)
Azizbek Murodov (-59 kg)
Nilufar Sapaeva (-68 kg)
Ozodbek Risbekov (-78 kg).
15 aprel kuni uchun dastur vaqtlari:
9:00 — 14:00 (Saralash bosqichi)
15:00 — 17:30 (Nimchorak va chorak final bosqichi)
18:00 — 20:30 (Yarim final va final bosqichi).
Manba: olamsport.com
