Jon Jons: "Faoliyatimni yakunlaganimga ishonchim komil emas"
13 APREL, 2026, 14:16
UFC sobiq chempioni Jon Jons Mayamidagi UFC 327 turniriga tashrifidan so'ng o'z kelajagi haqida fikr bildirdi."Faoliyatimni tugatdimmi-yo'qmi — aniq emas. Hozircha kunma-kun yashayapman, tanamni tushunishga harakat qilayapman. Aytamanki, bu erda — UFC’da bo'lish menda ancha vaqtdan beri bo'lmagan hisni, o'sha “olov”ni yana yoqdi", — dedi Jons.
Manba: olamsport.com
