logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Monte-Karlo "Masters" bosh sovrini va million dollar kimga nasib etdi?

 13 APREL, 2026, 10:48

Monte-Karlo shahrida mavsumning birinchi grunt qoplamali "Masters" turniri o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi hamda ikkinchi raketkalari - ispaniyalik Karlos Alkaras va italiyalik Yannik Sinner o'zaro to'qnash keldi. Ikki soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda Sinner reyting peshqadamini 7/6(5), 6/3 hisobida mag'lub etib, Monte-Karlo "Masters" chempioniga aylandi.

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Karlos 11:7 hisob ko'rinishida oldinda bormoqda. Sinner chempionligi evaziga 1000 reyting ochkosi hamda 974 370 evro mukofot pulinni qo'lga kiritdi. Vice-chempion Alkaras esa ushbu "Masters" turniridan 650 ochko hamda 532 120 evro ishlab oldi. 

Bundan tashqari, 24 yoshli italyan tennischisi 1990 yilda "Masters" paydo bo'lganidan beri ketma-ket to'rtta turnirda g'alaba qozongan uchinchi tennischiga (Novak Jokovich va Rafael Nadaldan keyin) aylandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ