"Nomzodlar turniri". Sindarovni tarixiy natijadan yarim ochko ajratib turibdi
13 APREL, 2026, 10:00
Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da 12-tur ortda qoldi.Xabar berganimizdek, kecha o'tkazilgan 12-turda amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Hikaru Nakamura bilan tezkor durangga rozi bo'ldi. Bu bilan Javohir mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish barobarida ochkolarini 9 taga etkazib oldi. Kechagi turning barcha partiyalarida kuchlar teng keldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolmoqda. Javohirga birgina shaxmatchi etib olishi mumkin, xolos. U ham bo'lsa duranglar qiroli nomi bilan tanilgan niderlandiyalik Anish Giri. Sindarovning eng yaqin taqibchisi kecha 12-turda xitoylik Vey Yiga qarshi kechgan bahsda ustunlikka ega bo'lsa-da, lekin yakunda durang bilan kifoyalandi. Bu esa Sindarov bilan o'rtadagi ikki ochkolik farqni saqlanib qolishiga zamin yaratdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bugun "Nomzodlar turniri"da dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga 13-turda Javohir muddatidan avval musobaqa g'olibligi bilan birga Jahon toji uchun kechadigan matchga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun u to'g'ridan-to'g'ri raqibi Anish Giri bilan durang o'ynasa kifoya.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Malumot uchun, Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.

Manba: olamsport.com
