Jahon chempionatining ikkinchi kuni uch nafar sportchimizga muxlislik qilamiz
13 APREL, 2026, 09:16
"Olimpiya shaharchasi"dagi Yakkakurash sport majmuasida taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari boshlanmoqda.Dasutga ko'ra, bugun yigitlar -48 kg, -55 kg, qizlar esa -55 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi.
Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
Yosinbek Odilov (-48 kg)
Azizbek Sattorov (-55 kg)
Rushanaxon Ravshanova (-55 kg).
Bugungi dastur:
9:00 — 14:00 (Saralash bosqichi)
15:00 — 17:00 (Nimchorak va chorak final bosqichi)
17:30 — 19:30 (Yarim final va final bosqichi).

Manba: olamsport.com
