logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Timofeeva saralash finalida yutqazdi, lekin asosiy to'rga chiqdi

 13 APREL, 2026, 08:00

Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etgan turnirda saralash bahslari yakunlandi.

Musobaqaning saralash turnirida mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'rdi. Vakilamiz saralashning 1/2 finalida franciyalik Yaroslava Bartashevichni 7/5, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.    

Saralashda beshinchi raqam ostida tasniflangan Timofeeva asosiy to'rga yo'llanma bergan final uchrashuvida reytingning 236-pog'onasida borayotgan franciyalik Xloe Pakega qarshi kortga chiqdi va afsuski, 3/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Xloe saralashda to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan edi. 

Mag'lubiyatga qaramay, Mariya Timofeeva omadsiz mag'lub (LL) sifatida asosiy to'rga yo'llanma oldi. Tashkilotchilar asosiy to'rdagi franciyalik tennischi Elza Jakmoning o'rnini aynan Mariya hisobiga to'ldirishdi. Dunyoning 59-raketkasi bo'lgan Elza jarohat sabab musobaqani tark etdi. Bugun Timofeeva 1/16 finalda britaniyalik Keti Bulterga qarshi kortga chiqadi.      

Taqqoslash uchun, Timofeeva WTA reytingida 153, Bulter 62-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi. Ushbu bahs bugun bizning vaqt bilan soat 22:30da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ