logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Javohir Sindarov: "Endi bemalol Counter-Strike o'ynasam bo'ladi"

 12 APREL, 2026, 22:00

Bugungi turda Javohir Sindarov va Hikaru Nakamura qisqa vaqt ichida durangga rozi bo'lishdi.

Partiyadan keyin Javohir qarorini izohladi.

“Bugungi durang yaxshi natija. Hozirgi vaziyatda Hikaru bilan uzoq va og'ir partiya o'ynash uchun sabab ko'rmadim. SHuning uchun imkon bor joylarda majburiy variantlarni tanladim. 

Agar u uzun partiya o'ynashni xohlasa, bunga ham tayyor edim. Lekin u ham ancha ishonchli yo'llarni tanlashini kutgandim. Hatto partiyadan oldin tez durang bo'lishini sezgandim.”


U kechagi partiya tasirini ham yashirmadi:

“Kecha juda muhim o'yin bo'ldi va ancha charchadim.”


Keyingi rejalar haqida esa u aniq gapirdi:

“Endi oxirgi turlarda iloji boricha ishonchli o'ynash kerak. Kimdir meni yutishga harakat qilsa va imkon bo'lsa, albatta foydalanaman. Lekin hozir majburan g'alaba izlashning hojati yo'q.

Yana ikki tur qoldi. Turnir juda uzun bo'ldi.”


Dam olish rejasi ham tayyor:

“Bugun biroz dam olaman. Balki "Counter Strike" ham o'ynarman.


Keyingi turga tayyorgarlik haqida:

"Anish Giriga qarshi tayyorgarlikni "ChessBase" orqali qilaman. Partiyalarini ko'rib chiqaman va variantlarni takrorlayman.

U ijtimoiy tarmoqlarda nima yozayotgani bilan esa qiziqmayapman. Bu men uchun muhim emas.”


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ