logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

APL klubi Noyerni nishonga oldi

 12 APREL, 2026, 16:48

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer faoliyatida ilk bor xorijiy klubga o'tishi mumkin.

Myunxenliklarning 40 yoshli sardori muddati tugayotgan shartnomani uzaytirish-uzaytirmasligini hali hal qilmagan, faxriyning faoliyatini yakunlash rejalari ham noaniq qolmoqda.

Angliyaning "Brayton" klubi Noyerni jiddiy nishonga oldi. Manbaga ko'ra, "chaykalar" bosh murabbiyi Fabian Xyurtselerning shaxsan o'zi transferni talab qilmoqda - u o'z jamoasida yulduz vatandoshini ko'rishni istaydi.

Manuel Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" safida o'ynamoqda. Malumotlarga ko'ra, mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar joriy oyda o'tkazilishi kerak.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ