Arman Carukyan ikki potencial raqibini elon qildi
12 APREL, 2026, 13:32
UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan yil oxirigacha kimlar bilan jang o'tkazish istagi borligini ochiqladi.Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi keyingi raqibi braziliyalik CHarlz Oliveyra yoki franciyalik Benua Sen-Deni bo'lishi haqidagi malumotni tasdiqladi. U WBC bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni Rayan Garsiya bilan suhbatda malum qildi.
"Men CHarlz Oliveyra yoki Benua Sen-Deni bilan jang qilmoqchiman. Ikki variantdan yaxshirog'i CHarlz. Uning ismi bor va biz allaqachon jang qilganmiz - uni mag'lub etganman. Hozir unda BMF kamari bor. Bu kamar unga to'g'ri kelmaydi, lekin menga kerak - uni olib ketmoqchiman", - dedi Arman.
Avvalroq, Carukyan 14 iyun kuni Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangini sug'urta qilmoqchi ekanligini malum qilgan edi. Ayni paytda CHarlz Oliveyra va Benua Sen-Deni UFC engil vazn toifasi reytingida mos ravishda uchinchi va beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
