logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Nomzodlar turniri". Sindarov tarixiy natijaga yaqinlashyapti

 11 APREL, 2026, 22:48

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"da 11-tur partiyalari o'ynalmoqda.

Xabar berganimizdek, 10-turda amaldagi Jahon Kubogi g'olibi Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhani mag'lub etib, ochkolarini 8 taga etkazib olgandi. 

Hozirgina Javohir 11-turda jahon reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi o'yinini yakunadi. Qora donalarda harakat qilganiga qaramay, hamyurtimiz durang natija qayd eta oldi. Bu bilan Javohir 8,5 ochko to'plagan holda chempionlik uchun muhim qadamni tashladi. Bu ikki shaxmatchining birinchi davradagi uchrashuvida Sindarov g'alaba qozongan edi. Karuana 5,5 ochko bilan uchinchi o'ringa ko'tarildi.    

Musobaqa yakunlanishiga uch tur qolmoqda. Duranglar qiroli nomi bilan tanilgan niderlandiyalik Anish Giri Sindarovning eng yaqin taqibchisi bo'lib, uning rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi bahsi durang natija bilan yakunlandi. Bu bilan ikki ochkolik farq saqlanib qoldi. Javohir ertagayoq Jahon toji uchun beriladigan yagona yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin.

Malumot uchun, Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona suradi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ