Turkiya superligasi. Shomurodovning dubli “Bashakshehir”ga yirik g'alaba keltirdi
11 APREL, 2026, 19:00
Turkiya superligasining 29-turidan o'rin olgan “Bashakshehir” hamda “Genchlerbirligi” jamoalari o'rtasidagi bahs yakuniga etdi. Istanbuldagi “Fotih Terim” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda g'alaba qozondi — 3:0.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o'yin qahramoniga aylandi. Eldor 9-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, 40-daqiqada o'zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi. Shu tariqa, o'zbekistonlik hujumchining 6 o'yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo'yildi. Maydon egalarining yana bir goliga 42-daqiqada Bertug' Yildirim mualliflik qildi.
Eldor Shomurodov 81 daqiqa davomida maydonda harakat qildi va o'rnini Davie Zelkega bo'shatib berdi. O'yindagi samarali harakatlari uchun Eldor 8.6 ball bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topildi. Yana bir o'zbekistonlik legioner Abbosbek Fayzullaev ushbu uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Bashakshehir” ochkolarini 47 taga etkazib oldi. Jamoa turnir jadvalining yuqori qismidagi o'rnini mustahkamlashda davom etmoqda.
Turkiya superligasi, 29-tur
“Bashakshehir” — “Genchlerbirligi” 3:0
Gollar: 1:0 – Shomurodov (9), 2:0 – Shomurodov (40), 3:0 – Yildirim (42).
Manba: stadion.uz
