logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ryudiger "Real"ning CHempionlar Ligasidagi mag'lubiyatining asosiy sababini aytdi

 10 APREL, 2026, 14:16

"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger UEFA CHempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi birinchi o'yinda "Bavariya"ga mag'lub bo'lganidan (1:2) so'ng fikrlarini bildirdi.

"Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan o'yin 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.

Nemis futbolchisining so'zlariga ko'ra, o'yin natijasi asosan jamoaning himoyadagi xatolari bilan bog'liq edi.

"Biz o'z ishimizni yanada qiyinlashtirdik. Bunday darajada raqibga bu kabi sovg'alardan keyin gol urishga yo'l qo'yib berib bo'lmaydi", – dedi Ryudiger.

Jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 15 aprel kuni Myunxendagi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ