Osiyo kubogi. Qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi
9 APREL, 2026, 13:00
Kecha qizlar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogining uchinchi tur bahslari yakunlandi.Ushbu turda terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, O'zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Osiyo kubogi musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi.
Ushbu bosqichda jamoamizga Xitoy U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi. Olg'a O'zbekiston!
Manba: olamsport.com
