logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Garri Kasparov: “Men Javohir Sindarov va Magnus Karlsen matchini ko'rishni xohlayman”

 8 APREL, 2026, 17:32

SHaxmat bo'yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov Javohir Sindarov Kiprda g'alaba qozonsa, keyingi voqealar qanday rivojlanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Magnus o'ynamay qo'yganidan beri jahon chempionligi matchlari haqida mening fikrimni bilasiz. Men Sindarov va Karlsen matchini ko'rishni juda xohlayman. Mana shu haqiqiy, unvonga munosib match bo'lardi.”

Uning aytishicha, match formati turnirdan butunlay farq qiladi:

“Match — bu boshqa olam. Uning o'ziga xos dinamikasi  bor. Agar Sindarov Gukesh Dommarajuga qarshi o'ynasa, Gukesh juda barqarorligi tufayli  match tenglikda o'tadi deb o'ylayman.”

Kasparov yana bir muhim jihatni takidladi: "Agar Sindarov Nomzodlar turnirida g'alaba qozonsa, u yangi bosim va yangi maqom bilan qanday o'zini tutishi ham qiziq bo'ladi.

SHuningdek, yaqin orada Javohir Sindarovni "Grand Chess Tour"da ham ko'ramiz. U aslida shu turda ishtirok etishi kerak bo'lgan Gukesh Dommaraju o'rniga qo'shildi.Kasparovning aytishicha, bu ham o'ziga xos “taqdir hazili”ga o'xshaydi".



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ