Sergey Fomin Xitoydagi "CHellenjer" turnirini g'alaba bilan boshladi
8 APREL, 2026, 08:48
Xitoyning Vuning shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ATP Challenger 50 turniri boshlandi.Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda.
U kecha ilk bosqich doirasida avstraliyalik Moyrani Budzigga qarshi kortga chiqdi va 2:1 (6/4, 1/6, 7/6) hisobida g'alaba qozondi.
Endi Fomin nimchorak final bosqichida britaniyalik Xarri Uendkelkin bilan to'qnash keladi. O'yin ertaga 7:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, Sergey dunyo reytingida 363-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 24 yashar Xarri Uendkelkin ushbu reytingda 237-pog'onadan joy olgan.
Manba: olamsport.com
