logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bastoni "Barselona"ga transferi tezroq yakunlanishini istamoqda

 7 APREL, 2026, 15:00

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona"ga imkon qadar tezroq qo'shilishga umid qilmoqda.

Bu haqda "Mundo Deportivo" malum qildi.

Futbolchi Kataloniya klubiga qo'shilish imkoniyatidan xursand, "ko'k-anorranglilar"ga ko'ra, transfer 55-60 million evroga tushadi. La Liga klubi muvaffaqiyatli kelishuv ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda, garchi hali futbolchi yoki "neradzurri" bilan kelishuvga erishilmagan bo'lsa ham.

26 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi va 6 ta golli pas uzatdi. Uning "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ