Sofascore. "Bashakshehir" durang o'ynadi. SHomurodov necha baho oldi?
7 APREL, 2026, 10:00
Kecha Turkiya chempionatining navbatdagi turida "Istanbul Bashakshehir" jamoasi "Kojaelispor" mehmoni bo'ldi.Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Mehmonlar safida O'zbekiston MTJ sardori Eldor SHomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84-daqiqada zaxiraga olindi.
Ushbu bahsni terma jamoamizning yana bir futbolchisi Abbosbek Fayzullaev jarohat sababli o'tkazib yuborgan.
Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun SHomurodovga 6,4 baho qo'ygan.
Manba: olamsport.com
