Muhammadzohid Suyarov - Grenke Chess Open 2026 chempioniga aylandi!
7 APREL, 2026, 00:16
O'zbekistonlik grossmeyster Muhammadzohid Suyarov Germaniyada bo'lib o'tgan nufuzli Grenke Chess Open 2026 g'olibiga aylandi.Hamyurtimiz musobaqa doirasida 3500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan festivalning klassik yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Muhammadzohid musobaqani mag'lubiyatsiz yakunlab, 9 turdan 8 ochko jamg'ardi va 20 000 evro mukofot sovrindoriga aylandi.

Manba: olamsport.com
