Neyt Diasga Konor Makgregor bilan jang taklif qilindi(mi?)
6 APREL, 2026, 19:48
Amerikalik UFC sobiq yulduzi Neyt Dias ikki vaznning sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang taklif qilinganiga ishora berdi."Ular mendan hozirning o'zida Konor bilan jang qilishimni so'rashdi. Konor — buyuk jangchi, lekin men uni allaqachon so'nggi holatiga kelib qolgan paytida «tugatishni» xohlamayman", deydi Dias xorijiy OAV bilan suhbatda.
Malumot uchun, Dias va Makgregor o'rtasida hozirga qadar 2 ta jang o'tkazilgan va ularning birida Konor, ikkinchisida esa Neyt g'alaba qozongan.
Manba: olamsport.com
