logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Abduqodir Husanov: "Pep Gvardioladan juda minnatdorman"

 6 APREL, 2026, 18:16

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanov Xosep Gvardiola va klub haqida gapirdi.

"Men Pep Gvardioladan juda minnatdorman. U menga ko'p bor shaxsan vaqt ajratadi, o'yinning har bir tafsilotini tushuntirib beradi. Biz bosqichma-bosqich yuqoriga intilyapmiz — u meni shoshiltirmaydi va menga vaqt kerakligini tushunadi...

Bu klubda o'ynayotganimdan faxrlanaman. Bizda jamoani uyda ham, safarda ham qo'llab-quvvatlaydigan juda ko'plab muxlislar bor. Bu libosni kiyish — juda katta masuliyat.

Ularning qo'llovi juda katta ahamiyatga ega va men ularga shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman — hatto qiyin paytlarda ham ular biz bilan birga. Biz buni juda qadrlaymiz. Ular uchun yanada ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Va, albatta, mening orzum — ECHLda g'alaba qozonish...", – dedi O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi.

Husanov 2025 yilning yanvaridan beri "Manchester Siti"da. O'shandan beri 22 yoshli markaziy himoyachi "shaharliklar" safida 40 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ