Valeriy Kechinov: "Jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi"
6 APREL, 2026, 15:00
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov milliy terma jamoamizning bo'lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi."O'zbekiston Jahon chempionatida og'ir guruhdan joy oldi va u bu har bir jamoa uchun shunday. Yaqinda Kongo DRning o'yinini tomosha qildim va jamoa juda ijobiy taassurot qoldirdi. Albatta, ikkita jamoa ajralib turadi va favoritlardir — Portugaliya va Kolumbiya. Lekin menimcha, O'zbekiston ham ularga qiyinchilik tug'diradi. Evropada yaxshi o'yinchilari bor — SHomurodov, Fayzullaev, Husanov. Ularga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi", – dedi Kechinov.
comhttps://backend.championat. ... 0.jpg alt="3.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan ro'baro' keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari 18 iyun kuni ilk turda Kolumbiya bilan o'ynaydi.
Manba: olamsport.com
