logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Upper Austria Ladies Linz. Ikkinchi raketkamiz muvaffaqiyatli start oldi

 6 APREL, 2026, 07:16

Avstriyaning Linc shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 064 510 dollarni tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva musobaqaning saralash bahslarida o'z omadini sinab ko'rmoqda. Vakilamiz 1/2 finalda reytingda o'zidan yuqorida borayotgan, turnirda 8-raqam ostida tasniflangan rossiyalik 23 yashar Alina CHaraevani mag'lubiyatga uchrata oldi.    

Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda 22 yashar Mariya 1/6, 6/3, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, saralashning final bosqichiga yo'l oldi. Ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Timofeevada ko'proq bo'ldi - 5 ga 4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi. O'tgan yili sentyabr oyida o'tgan ilk bahsda ham Mariya zafar quchgandi. 

Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 153, Alina CHaraeva 129-o'rinni egallab turibdi. Bugun tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda germaniyalik Tamara Korpatchga qarshi kortga chiqadi. 30 yoshli Tamara 1/2 finalda vatandoshi Jyul Niemeyerni 6/3, 6/2 hisobida engdi. Korpatch hozirda dunyoning 109-raketkasi bo'lib turibdi. Timofeeva - Korpatch bahs bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ