logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahon toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov birinchi davrani 1-o'rinda yakunladi

 6 APREL, 2026, 06:34

Kiprda o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha 2026-yilgi Talabgorlar turniri o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning birinchi davrasini (7-tur) yakunlab bergan bahsda o'zbekistonlik sportchi niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o'ynadi. Ushbu natija Sindorovga 6 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Hamyurtimiz partiya o'rtasida kichik ustunlikni qo'lga kiritdi. Ammo 41-yurishda Sindarov raqib piyodasini urib olganidan keyin vaziyat tenglashib qoldi. Shundan so'ng Anish Giri aniq yurishlar orqali durangni saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Kechagi bahslar orasida faqat Vey-Yi g'alaba qozondi (Esipenko ustidan). Fabiano Karuana esa Pragnanadhaga qarshi qora donalarda durang qayd etdi.

Sindarov birinchi davradan so'ng 6,0 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Karuana hisobida 4,5 ochko bor. Giri va Rameshbabu 3,5 ochko bilan 3-4-o'rinlarni band etgan.




O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Talabgorlar turnirida qatnashayotgan Javohir Sindorov musobaqani mag'lubiyatsiz davom ettirmoqda. U ortda qolgan turlarda Andrey Esipenko, Rameshbabu Pragnanandha, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I kabi jahonning eng kuchli shaxmatchilari ustidan g'alaba qozondi. Faqatgina Mattias Blubaum va Anish Giri bilan bo'lgan bahslarda murosaga kelindi.

Eslatib o'tamiz, 15 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 700 ming AQSh dollari miqdoridagi sovrin jamg'armasiga ega musobaqa ikki davra (14 tur)dan iborat bo'lib, ikkinchi davra bahslari 7 aprel sanasida start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ