SHohasan Mirzamatov muxlislarga murojaat bilan chiqdi (VIDEO)
5 APREL, 2026, 18:16
Yarim o'rta vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, Octagon League kamari uchun bir necha bor davogarlik qilgan SHohasan Mirzamatov muxlislarga xabar yo'lladi."Hammaga assalomu alaykum. Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Afsuski, jarohatim tufayli jangimiz bekor qilindi. Tez orada, revansh olib, albatta yana kuchli bo'lib qaytamiz", deya quyidagi videoda jarohatini ko'rsatgan Mirzamatov.
Eslatib o'tamiz, SHohasan 2 aprel kuni Octagon 85 turniri markaziy jangida qozog'istonlik Bogdan Pshebelskiyga qarshi titul bahsida qatnashib, jarohat olgandi va jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Manba: olamsport.com
