logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Nomzodlar turniri". Sindarov bugun 7-turda Girini sinovdan o'tkazadi (6-tur natijalari+turnir jadvali)

 5 APREL, 2026, 10:00

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan 1 million dollar mukofot puliga ega "Nomzodlar turniri"da Sindarov 1,5 ochkolik farq bilan peshqadamga aylanib oldi.

Xabar berganimizdek, kecha nufuzli musobaqaning 6-turida grossmeysterimiz Javohir Sindarov qora donalarda o'ynaganiga qaramay, xitoylik Vey Yini mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu g'alaba sabab Javohir 1,5 ochko farq bilan peshqadamga aylanib oldi. Bunga uning eng yaqin taqibchisi amerikalik Fabiano Karuananing rossiyalik Andrey Esipenko bilan durang o'ynagani sabab bo'ldi.    


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Oltinchi turning 4 ta partiyasidan 3 tasida durang natija qayd etildi. Yagona g'alabaga Javohir Sindarov erishdi. Hamyurtimiz ketma-ket uchinchi turda ham eng yaxshi shaxmatchi deb topildi. Bugun grossmeysterimiz 7-tur doirasida Niderlandiya vakili Anish Giriga qarshi oq donalarda o'ynaydi. 

Ayni paytda Javohir 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Giri 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rindan joy olgan.

Turnir jadvali bilan tanishing: 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ