logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sergey Fomin final ostonasida reytingi yo'q tennischiga yutqazdi

 4 APREL, 2026, 10:00

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin Xitoyning Maanshan shahrida davom etayotgan ITF M25 turniridagi ishtirokini yakunladi.

Hamyurtimiz biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi. U reytingi yo'q tennischi, Xitoy Taypeyi vakili Li Kuan-Yiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda Li 6/4, 7/6(2) hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. 

Kuan-Yi kecha 1/4 finalda turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Iliya Simakindan 6/4, 4/6, 7/6(6) hisobida ustun kelgandi. Hozirda Sergey Fomin ATP reytingida 336-o'rinni egallab turibdi. U Maanshan turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ