logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Carukyanning 5 kundan keyin o'tkazishi belgilangan jangi bekor qilindi

 3 APREL, 2026, 15:48

Uning ishtirokidagi bellashuv 8 aprel kuni San-Pauloda bo'lib o'tadigan turnirning asosiy jangi bo'lishi kerak edi.

Asli armanistonlik aralash yakka kurash ustasining Hype Brazil turnirida Dillon Denisga qarshi greppling bellashuvi belgilangandi. Liga musobaqaning yangi xedlayneri UFC’ning eng yaxshi yarim engil vazn toifasidagi vakili Jan Silva bo'lishini rasman elon qildi, uning raqibi keyinroq malum bo'ladi. 

Muhimligi jihatidan ikkinchi bahsda UFC’ning eng engil divizioni jangchilari Deyveson Figeredo va Raul Rosas Junior greppling bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etadi.

Avvalroq Arman Carukyan 18 aprel kuni RAF kurash ligasining navbatdagi turnirida ishtirok etishi, unda aralash yakkakurashlar faxriysi Yuraya Feyber bilan gilamni bo'lishishi malum bo'lgandi.

Dillon Denis bilan to'qnashuvda rossiyalik o'tgan oyda Muhammad Mokaevni ortdan bo'g'ib, qo'lga kiritgan Hype Fighting chempionlik kamarini himoya qilishi kerak edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ