Osiyo chempionati. Uch nafar bokschimizning barida g'alaba
2 APREL, 2026, 12:32
Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.Avvalroq, bugun musobaqa doirasida uch nafar hamyurtimiz jang qilishi haqida xabar bergandik.
Kun davomida jang qilgan uch nafar bokschimizning barchasi g'alabaga erishib, chorak final masalasini hal qildi.
Natijalar bilan tanishing:
-65 kg: Abdulloh Madaminov - Kaelan Klark (Singapur) 5:0
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Sag'in Satibaldi Uulu (Qirg'iziston) - 5:0
+90 kg: Arman Maxanov - Beknur Xali (Mo'g'uliston) 5:0.
Manba: olamsport.com
