Kutganmidingiz? SHohjahon Ergashevning Batir Jukembaev bilan jang qoldirildi
1 APREL, 2026, 16:48
Har ikki tomon bu malumotni tasdiqladi.9 may kuni Toshkentdagi "Humo arena" inshooti All Stars Entertainment kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan navbatdagi professional boks oqshomiga mezbonlik qilishi kerak edi. Biroq musobaqa bekor bo'ldi.
Turnir doirasida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev Qozog'iston vakili Batir Jukembaev bilan bahs olib borishi kerak edi.
Malum bo'lishicha, endi Ergashev va Jukembaev jangi, shuningdek, turnir kardidan o'rin olgan boshqa bellashuvlar 6 iyun kuni o'tkaziladi. Manzil o'zgarishsiz qolgan.
SHohjahon faoliyati davomida shu kunga qadar 28 ta jang o'tkazib, 26 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyatni rasmiylashtirgan. Jukembaev hisobida esa 24 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.
Manba: olamsport.com
