logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

M25 Maanshan: Fomin g'alaba bilan boshladi, SHinda mag'lubiyat

 1 APREL, 2026, 15:48

Xitoyning Maanshan shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi ITF M25 turniri boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun musobaqada ikki hamyurtimiz — Sergey Fomin va Maksim SHin o'z uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Turnirda oltinchi raqam ostida saralangan Fomin ilk bosqich doirasida neytral maqomdagi Sergey Petrovga qarshi kortga chiqdi va 2:0 (6/3, 6/2) hisobida g'alaba qozondi. Endi Sergey nimchorak final bosqichida italiyalik 24 yoshli Aleksandr Binda to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi.

Taqqoslash uchun, Fomin ayni damda ATP reytingida 336, Binda esa 477-o'rinni band etib turibdi.

SHuningdek, bugun M25 Maanshan turnirida yana bir vakilimiz — Maksim SHin ham kortga chiqdi. Buyuk Britaniya vakili, dunyo reytingida 364-o'rinda qayd etilgan Alasteyr Greyga qarshi kechgan bahsda SHin 0:2 (1/6, 4/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ