"Turkish Open-2026" musobaqasida 8 ta medal qo'lga kiritildi. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda tengsizmiz!
1 APREL, 2026, 10:16
Kecha Antaliyada (Turkiya) taekvondo WT bo'yicha Turkiya Ochiq chempionatining kattalar o'rtasidagi bahslari nihoyasiga etdi.Musobaqaning so'nggi kunida erkaklar o'rtasidagi janglar o'tkazildi. Etiborlisi, unda vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Dilmurod Marufjonov (54 kg)
Omonjon Otajonov (58 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Diyorbek To'xliboev (68 kg).
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Eslatib o'tamiz, 30 mart kuni bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda terma jamoamiz azolari bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishgan edi.
SHu tariqa, O'zbekiston milliy terma jamoasi "Turkish Open-2026" musobaqasini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi. Erkaklar jamoamiz musobaqada Rossiya, Qozog'iston va Turkiya terma jamoalarini ortda qoldirgan holda peshqadam bo'ldi.
Manba: olamsport.com
