Bugundan Asilbek Jalilov va yana bir bokschimiz Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
1 APREL, 2026, 08:00
Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi qita birinchiligining uchinchi kungi bahslari bo'lib o'tadi.Bugungi bahslardan 2 nafar yigitlarimizning janglari o'rin olgan.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Daichi Ivai (Yaponiya) 09:45
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Xinlin CHen (Xitoy) 10:45
Musobaqa uchrashuvlari 09:00 da start oladi.

Manba: olamsport.com
