logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz AQShni safarda mag'lub etdi (videosharh)

 1 APREL, 2026, 07:34

AQSh va Portugaliya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. O'yin Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni Germaniyalik hakam Sven Yablonski boshqarib bordi. Bahs mehmonlar — Portugaliyaning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

G'olib jamoa tarkibida Fransishku Trinkan va Joau Feliks gol urdi. Har ikki golga Brunu Fernandesh assistentlik qildi.

Ushbu uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi.

Har ikki jamoa ham AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Portugaliya terma jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya, O'zbekiston va Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o'ynaydi. AQSh esa Paragvay, Avstraliya va Turkiya bilan bahs olib boradi.

O'rtoqlik o'yini.
2026 yil 1 aprel, chorshanba. 04:00.
AQSh — Portugaliya — 0:2
Gollar: Trinkan 36 (0:1), Feliks 59 (0:2)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ