Bosniya va Gertsegovina Italiyani JCh-2026dan mahrum qildi! (Videosharh)
1 APREL, 2026, 05:00
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi JCh-2026 pley-off bosqichining hal qiluvchi bahsida Italiyani mag'lub etdi — 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 4:1). Uchrashuv Zenitsa shahridagi «Bilino Pole» stadionida bo'lib o'tdi.
O'yinning 15-daqiqasida italiyalik hujumchi Moyze Kin hisobni ochdi. Biroq birinchi bo'lim yakunida italiyaliklar maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi — himoyachi Alessandro Bastoni qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo'lim oxirida bosniyaliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Zaxiradan maydonga tushganidan 8 daqiqa o'tib, hujumchi Xaris Tabakovich gol urdi. Qo'shimcha bo'limlarda darvozalarga gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa bosniyalik futbolchilar ancha aniqroq harakat qilishdi — 4:1.
Shu tariqa, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi shu yilning iyun oyida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ular musobaqaning «B» guruhida Kanada, Qatar va Shveytsariya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
JCh-2026 saralashi. Evropa. Pley-off. Final
31.03.2026 | 23:45
«Bilino Pole», Zenitsa
BOSNIYa VA GERTsEGOVINA — ITALIYa — 1:1 (PENAL'TI — 4:1)
Gollar: Moyze Kin 15 (0:1), Xaris Tabakovich 79 (1:1).
Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Muxaremovich, Katich, Kolashinats (Taxirovich, 46), Dedich, Bashich (Burnich, 71), Shunich (Alaybegovich, 46), Memich (Tabakovich, 71), Bayraktarevich, Demirovich (Xadjiaxmetovich, 115), Djeko.
Italiya: Donnarumma, Bastoni, Kalafori, Manchini, Lokatelli (Kristante, 71), Tonali, Barella (Frattezi, 85), Dimarko (Spinatstsola, 91), Politano (Palestra, 46), Retegi (Gatti, 44), Kin (Espozito, 71).
Ogohlantirishlar: Taxirovich (54), Muxaremovich (102), Katich (114) — Donnarumma (81), Frattezi (120).
Chetlatish: Alessandro Bastoni 41 (Italiya).
Manba: stadion.uz
