Ozoda Sobirjonova "Turkish Open-2026" turnirida oltin medalni qo'lga kiritdi!
31 MART, 2026, 12:16
Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo'yicha Turkiya Ochiq chempionati doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi.Kun davomida O'zbekiston ayollar terma jamoasining 8 nafar vakilasi dayangga ko'tarildi. Yakunda hisobimizga Ozoda Sobirjonova oltin, Sevinch Hayitova kumush, Svetlana Osipova esa bronza medalini taqdim etdi.
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
Kumush:
Sevinch Hayitova (62 kg).
Bronza:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Bugun turnir doirasida erkaklar o'rtasidagi janglar guvohiga aylanamiz.
Manba: olamsport.com
