O'rtoqlik o'yini. Germaniya so'nggi daqiqalardagi gol evaziga Ganani mag'lub etdi (videosharh)
31 MART, 2026, 07:00
Germaniya va Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Jamoalar Germaniyaning Shtutgart shahridagi «Shtutgart Arena» stadionida bahs olib borishdi. Mazkur bahsda Evropa vakillari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
45+3-daqiqada Germaniya hujumchisi Kay Xaverts penaltidan hisobni ochdi. 70-daqiqada afrikaliklar hujumchisi Issaaku Fatavu hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada esa Deniz Undav Germaniyaga g'alaba keltirgan golni urdi.
Avvalroq, 27 mart kuni Germaniya Shveytsariyani 4:3 hisobida mag'lub etgan edi. Shu kuni Gana esa Avstriyaga 1:5 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragandi.
O'rtoqlik o'yini
30 mart 2026 yil, dushanba.
Germaniya — Gana — 2:1
Gollar: 1:0 — Kay Xaverts (45+3, penalti), 1:1 — Issaaku Fatavu (70), 2:1 — Deniz Undav (88)
Manba: stadion.uz
