O'rtoqlik o'yini. Frantsiya terma jamoasi O'zbekistonning JChdagi raqibini mag'lub etdi (videosharh)
30 MART, 2026, 07:00
Kolumbiya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. O'yin AQShning Landover shahridagi «Northwest Stadium» stadionida bo'lib o'tdi. Unda Frantsiya terma jamoasi futbolchilari 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi birinchi golni 29-daqiqada frantsiyalik hujumchi Dezire Due kiritdi. 41-daqiqada Markus Tyuram evropaliklar ustunligini oshirdi. 56-daqiqada esa Due dubl qayd etdi. 77-daqiqada Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xaminton Kampas bitta gol urib, yakuniy hisobni 3:1 ko'rinishida belgiladi.
Har ikki jamoa 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa kelasi yozda AQSh, Kanada va Meksika hududida bo'lib o'tadi. Evropa saralash bosqichi natijalariga ko'ra Frantsiya D guruhida 16 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Janubiy Amerika saralash bosqichida esa Braziliya terma jamoasi 28 ochko bilan uchinchi o'rinni oldi. Kolumbiya JChda O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
O'rtoqlik uchrashuvi.
29 mart, yakshanba.
Kolumbiya — Frantsiya — 1:3
Gollar: 0:1 Due 29', 0:2 Tyuram 41', 0:3 Due 56', 1:3 Kampas 77'
Manba: stadion.uz
