Fomin va SHin Xitoyda chempion bo'ldi
29 MART, 2026, 18:32
Xitoyning Maanshan shahrida o'tkazilgan ITF M15 turnirida O'zbekiston terma jamoasi azolari Sergey Fomin va Maksim SHin juftlik yo'nalishida g'alabaga erishdi.Musobaqa finalida hamyurtlarimiz Xitoy juftligi Xianfeng CHen va Aoran Vang ustidan 5:7, 6:4, tay-brekda 10:5 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, Sergey Fomin va Maksim SHin ITF M15 Maanshan musobaqasining juftlik bahslarida tengsiz bo'lishdi.

Manba: olamsport.com
