logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Carukyan va Kovingtonda g'alaba, Tajudinov esa Snayderga mag'lub bo'ldi. RAF 7 turnirining natijalari bilan tanishing

 29 MART, 2026, 17:16

Bugun AQSHning Florida shtati Tampa shahridagi Yuengling Center majmuasida sport kurashlari bo'yicha RAF 7 turniri o'tkazildi.

Musobaqaning markaziy bahsida UFC jangchisi Arman Carukyan erkin kurashchi Jorjio Pullasga qarshi revansh jangida gilamga chiqib, g'alaba qozondi. 

Bundan tashqari, turnir doirasida Kolbi Kovington Dillon Denis ustidan zafar quchdi.

Turnirning to'liq natijalari:

Arman Carukyan Jorjio Pullas ustidan g'alaba qozondi (9–3)

Kolbi Kovington Dillon Denisni mag'lubiyatga uchratdi (14–4)

Kayl Deyk Parkera Kekkayzenni mag'lub etib, og'ir vazndagi kamarini himoya qildi (7–1)

Kayl Snayder Axmed Tajudinov ustidan g'alaba qozonib, yarim og'ir vazndagi chempionlik kamarini qo'lga kiritdi (3–3, so'nggi ochko Snayder hisobida bo'ldi) 

Kennedi Bleyds Milana Dudievani mag'lub etdi va ayollar o'rtasida o'rta vazn chempionligini himoya qildi (11–0)

Uayatt Xendrikson Trent Xillger ustidan zafar quchdi va og'ir vazn kamarini himoya qildi (6–2)

Bo Bassett Vladimir Xinchegashvilini taslim etdi (13–3)

Eoden Sinkler Xidir Saypudinov ustidan g'alaba qozondi (9–4)

Jeyson Nolf David Mistulovga qarshi bahsda g'olib bo'ldi (10–0)

Trent Xidley Pet Daunini taslim etdi (12–0)

Jonni DiJulius Konor Bibni mag'lubiyatga uchratdi (9–6).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ