logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night 271. Nokautlar oqshomining bonus sohiblari malum

 29 MART, 2026, 16:16

Bugun Sietllda o'tgan UFC turnirining 100 va 25 ming dollarlik mukofot sohiblari elon qilindi.

Ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleks Grasso Meysi Barber bilan to'qnashuvda faoliyatidagi eng tomoshabop g'alabalardan birini qo'lga kiritib, UFC Fight Night 271 turnirining bonus sohiblari safidan joy oldi. 

Birinchi raundning o'rtalarida meksikalik Grasso amerikalik raqibasini chap tomondan berilgan zarba evaziga muvozanatdan chiqardi va deyarli hushini yo'qotgan Barberni bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Buning evaziga u 100 ming dollarlik chekni qo'lga kiritdi.

Tadbirning asosiy voqeasida sobiq divizion chempioni Israel Adesanyani ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Jo Payfer ikkinchi bonusga ega bo'ldi. 

Engil vazn toifasi vakillari ozarbayjonlik Tofik Musaev hamda Ignasio Baxamondes o'rtasidagi qonli to'qnashuv UFC Fight Night 271 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Prelim kardni yopib bergan ushbu jangda Musaev raqibini ochkolar hisobiga ko'ra engdi. Ikkinchi raundda u nokdaun holatiga tushib qolganiga qaramay, yakunda g'alabani ilib ketdi. Har ikki jangchi 100 000 dollardan mukofot puli olishdi. 

SHuningdek, o'z janglarini muddatidan oldin g'alaba bilan yakunlagan Maykl Kesa, Lerryan Duglas, Yusri Belgarui, Terrens MakKinni, kichik Lens Gibson, Keysi O'Nill va Navaxo Stirling 25 000 dollarlik bonusni qo'lga kiritdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ