logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Polina Kudermetova CHarlston WTA 500 turniri saralashini muvaffaqiyatli boshladi

 29 MART, 2026, 15:48

AQSHning Janubiy Karolina shtati, CHarlston shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 500 turkumidagi turnir start oldi.

Musobaqa saralashida o'zbekistonlik Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. U kvalifaciyaning ilk bosqichida amerikalik 25 yoshli Karolin Ansariga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Polina 6/2, 2/6, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.

Endi 22 yashar Polina musobaqa asosiy to'ri yo'llanmasi uchun Niderlandiya vakilasi Eva Vedderga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun bizning vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi. 

Malumot uchun, Kudermetova hozirda WTA reytingida 153-o'rinni egallab turibdi. U taslim etgan Ansari esa reytingda 295, 26 yoshli Eva Vedder 254-o'rinda qayd etilgan.

CHarlston WTA 500 turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 2 mln 300 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqa chempioni 5 aprel kuni aniqlanadi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ