logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

O'rtoqlik o'yini. Belgiya AQSh terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 29 MART, 2026, 07:34

AQSh va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi yakunlandi. Unda Evropa vakillari 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Uyin Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tdi.

Ueston Makkenni 39-daqiqada hisobni ochib, AQShni oldinga olib chiqqan edi. 45-daqiqada Zeno Debast hisobni tenglashtirdi, 53-daqiqada esa Amadu Onana mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada Sharl De Ketelare penaltini aniq amalga oshirdi. 68-daqiqada Dodi Lukebakio gol urdi, 82-daqiqada esa dubl qayd etdi. 87-daqiqada Patrik Agemang AQShning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

2026 yilgi jahon chempionatida AQSh D guruhida Paragvay, Avstraliya va keyinroq ma'lum bo'ladigan yana bir jamoa bilan o'ynaydi. Belgiya esa guruh bosqichida Misr, Eron va Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
AQSh — Belgiya — 2:5
Gollar: Makkenni, 39 (1:0), Debast, 45 (1:1), Onana, 53 (1:2), De Ketelare, 59 (penalti, 1:3), Lukebakio, 68 (1:4), Lukebakio, 82 (1:5), Agemang, 87 (2:5)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ